So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Masjid va madrasalar

Bo'ka tumani O'rtaqo'rg'on” jome' masjidi

Bo'ka tumanidagi “O'rtaqo'rg'on” jome' masjidi sho'rolar davrida uzoq vaqt tashlandiq axlatxona bo'lgan. 1960 yillarda qarovsiz holga kelgan ushbu masjidni tuman markazidan chetroqqa Bo'ka tumani markaziy qabristoni yoniga ko'chirilgan. Masjid oldi tomonida esa o'zga din vakillarining qabristoni bo'lgan. Shu tariqa ikki qabriston o'rtasiga O'rtaqo'rg'on jome' masjidi qurilgan.

1993 yili A'zamxonto'ra, Abdug'affor ota, Abduvahhob ota boshchiligida O'rtaqo'rg'on jome' masjidini yangitdan o'z joyiga qurish tashabbusi bilan chiqildi. 2002 – 2005 yillarda A'zamxonto'ra, Abdug'affor ota, Ismoil ota, Olim ota boshchiligida umumhashar yo'li bilan masjid qaytadan barpo etildi.

Masjid hududi 1,2 ga. maydonni tashkil etadi. Masjid balandligi 23 metr, eniga 30 metr, bo'yiga 24 metr hajmda 2 qavatli qilib klassik va zamonaviy uslubda qurib bitkazildi. Masjid ichida 8 ta ustun bo'lib, 4 tasi balkon va 4 tasi gumbaz uchun o'rnatilgan.

“O'rtaqo'rg'on” jome' masjidida 1500 nafar namozxon ibodat qilish imkoniyatiga ega. Masjid atrofi 200 dan ortiq archa daraxti bilan o'ralgan.

Masjidga kirish darvozasi peshtoqidagi kitobada “kalimai toyyiba” bitilgan. Masjid xonaqohiga kirish peshtoqidagi kitobada “Jin” surasi 18 oyat “suls” xatida bitilgan. Uning bilan birga peshtoqda “الملك لله” “mulk Allohnikidir” degan yozuv “kufiy” xatida 3 marta va “الملك لله وحده” “Mulk faqat Allohnikidir” jumlasi bir marotaba bitilgan.


  • 2122