So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Masjid va madrasalar

Qibray tumani “Sa'dulla ota” masjidi

Sa'dulla” masjidi 1993 yilda Qibray tumani Guliston mavzusida hashar yo'li bilan barpo etilgan. Toshkent – Chimkent katta magistral yo'li yoqasida qad rostlagan ko'rkam masjid sharqona uslubda qurilgan. Unga Guliston mavzesida yashab o'tgan va yurt tinchligi, xalq farovonligi yo'lida ulkan xizmatlar qilgan Sa'dulla ota nomi berilgan.

Masjid hududi 0,30 ga.ni tashkil qiladi. Xonaqoh ichi 17x26 metr o'lchamga ega. Xonaqoh atrofini eni 4 metrli ochiq ayvon o'rab turadi. Ayvon chetida esa uzunligi 7 metrdan ortiq 12 ta yog'och ustunlar o'rnatilgan. Xonaqohning to'rt tomonida 17 metrli to'rtta minora mavjud.

Masjid 700 nafar namozxonga mo'ljallangan. Masjid atrofida qabriston yo'q.


  • 2076