So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Masjid va madrasalar

Qibray tumani “Dadamuhammadhoji Firdavs” jome' masjidi

Mazkur masjid 1880 yillarda asli Farg'ona viloyatidan bo'lgan Dadamuhammadhoji tomonidan qurilib, Yonariq qishlog'i aholisiga hadya qilingan. Sho'rolar davrida masjid binosidan avval omborxona, keyinchalik Qurilish kolxozi klubi, so'ngra xo'jalik mollari do'koni sifatida foydalanilgan.

1991 yilda masjid Yonariq qishlog'i musulmonlari ixtiyoriga qaytarilgan. 1993 – 2000 yillarda masjid binosi buzilib, qaytadan qurilgan. Yangi masjid qurilish ishlari hashar yo'li va “Firdavs” jamg'armasi ko'magi bilan olib borilgan.

“Dadamuhammadhoji Firdavs” jome' masjidi hududi 17 sotixni tashkil etadi. Masjid binosi ikki qism xonaqoh va ayvondan iborat. Xonaqoh 17x8 metr, ayvon esa 17x13 metr, balandligi 5 metr o'lchamga ega.

Masjid atrofida qabriston mavjud emas.


  • 2035