So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Masjid va madrasalar

“Baytqo'rg'on” jome' masjidi

Qibray tumani Baytqo'rg'on qishlog'i nomiga atalgan masjid 1991 – 1994 yillar davomida Saudiya arabistonilik vatandoshimiz Ismatulla Sulton o'g'lining mablag'i hisobiga qurilgan.

Masjid hududi 32 sotix bo'lib, 1ta xonaqoh, 1 ta ayvondan iborat. Ayvon 4 ta ustun asosiga o'rnatilgan. Masjid atrofida qabriston mavjud emas. Masjidda 2000 nafar musulmon ibodat qilishi mumkin.

Masjid qurilishida Samarqand viloyati Urgut tumani g'isht teruvchilari, andijonlik naqqosh va yog'ochsoz ustalar qatnashgan. Masjid Qibray tumanining eng ko'rkam, hashamatli va obod maskanlaridan biridir.

“Baytqo'rg'on” jome' masjidi YuNESKO ro'yxatiga kiritilgan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Tarixiy yodgorliklarni saqlash boshqarmasi tomonidan davlat muhofazasiga olingan.


  • 2098