So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Ziyoratgohlar

Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohi

Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohi

O'rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo'lgan so'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja ibn Tojxo'ja sharafiga shunday ataladi.

Gumbazli darvozaxona orqasida ikkita pastak minora, ularning janubi-g'arbida XX asr boshlarida kurilgan shiypon va minora bor. Minora g'ishtdan qirrali qilib qurilgan. Uning janubi-g'arbida gumbazli, g'isht ustunli, devorlar yozuvlar bilan bezatilgan peshayvonli masjid, hovlining qolgan uch tamonida bir qavatli hujralar joylashgan. Shimoli-g'arbida darsxona, shimoli-sharqida esa yana bir darvoza bo'lib, undan qabristonga chiqiladi.

Zangi ota maqbarasi hovlining janubida peshtoqli ayvon, ziyoratxona, xilxonalardan iborat. Ziyoratxonaning devor va burchaklarida yirik va mayda ravoqlar gumbazga asos bo'lgan. xilxonada burchak va taxmon ravoqlari ikki qavatli gumbazni tutib turadi. Ziyoratxonaning ichkari-tashqarisidagi sirlarning qoldiqlari binoning o'z davrida mahobat bilan naqshlanganligini ko'rsatadi. Janub qismida Anbar bibi maqbarasi bor.

Zangi otaning asli tug'ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo'lib, Toshkent bilan Qovunchi oralig'idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi ota Toshkent shahrining Samarqand Darboza ko'chasidagi «Zangi ota» mahallasida tug'ilib, o'sgan degan taxminlar ham bor. Oyxo'ja Ibn Tojxo'janing “Zangi” iborasi bilan nisbat berilishi, u kishi qora tanli bo'lganining ramziy ifodasi.

Zangi otaning otasi Tojxo'ja, uning otasi Abdulmalik ota, ul zot o'zining piri murshidi Mansur ota orqali Xoja Axmad Yassaviyga borib taqaladi. Tojxo'janing o'zi ham hazrat Yassaviyning xizmatlarida bo'lib, ul tabarruk zotdan bevosita tasavvufiy-ma'naviy ta'limot va irshodot olgan. Tojxo'ja hijriy 615/1218) yilda vafot etgan.

Rivoyatlarga qaraganda, Zangi ota cho'ponlarning piri «avliyo» qiyofasida gavdalanadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Zangi ota Ahmad Yassaviyning muridi, so'fiy shoir Sulaymon Hakim Boqirg'oniyning shogirdi bo'lgan.

Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og'ir davriga to'g'ri keladi. Zotan, XIII asrning 20 yillarida Mo'g'ul istilochilari Movarounnahrning eng yirik shahar va qishloqlarini vayron qiladilar. Oddiy mehnatkash xalqni esa qullik iskanjasiga soladilar. Shunday og'ir bir paytda Zangi ota va uning shogirdlari xalq ommasini qahramonlik, vatanparvarlik, mehr-shafqat kabi eng oliy umuminsoniy g'oyalar bilan oziqlantirdi. Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib taqdirlandi. Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostladi. 1420 yilda esa Mirzo Ulug'bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirdi. 



  • 2783