So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Ziyoratgohlar

Sardoba ziyoratgohi

Sardoba ziyoratgohi

Ozodlik qishloq fuqarolar yig'ini hududida joylashgan gumbaz shaklida qurilgan tarixiy obida. Sardoba sohibqiron Amir Temur tomonidan qurdirilgan. Bunday sardobalar Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ham aniqlangan. Qadimda sardoba atrofidan karvon yo'li o'tgan bo'lib, u erda qishloq joylashgan. Keyinchalik qishloq buzilib, uni odamlar tark etganda shu sardoba va uning yonidagi katta qabriston qolgan. Sardobaga mahalliy aholi Qaynarbuloq deya nom bergan.

Rivoyatlarga ko'ra Amir Temur askarlariga doimo ikki yoki uch donadan g'isht olib yurishlarini buyurgan. Buloq bo'ylarida dam olganda o'sha g'ishtlardan sardoba qurdirib dam olish uchun maskan hozirlar ekan. Bu ham aynan shu usulda bunyod etilgan degan fikrlar mavjud.

 

Sardoba


  • 2431