So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
    88 14.97%
    45 7.65%
    205 34.86%
    104 17.69%
    146 24.83%
Ziyoratgohlar

Parpi ota ziyoratgohi

Parpi ota ziyoratgohi

Do’stlik qishloq fuqarolar yig’ini Parpisoy qishlog’ida joylashgan. U yerda teshik tosh mavjud bo’lib, farzand ko’rmagan, bemor kishilar qabrni hamda toshni ziyorat qiladilar. Mahalliy xalq Parpi otaning karomatgo’y, bashoratgo’y inson bo’lganliklarini gapiradilar.

Avliyo Parpi ota ziyoratgohi eng qadimiy qadamjolardan sanaladi. Ayrim rivoyatlarga qaraganda, avliyo Parpi ota ziyoratgohida ulkan harsang bo’lib, unda odamning beshta panja izi bo’lgan, u aslida payg’ambar vafotidan so’ng 656-661 yillarda islom dunyosiga xaliflik qilgan Hazrati Alining panja izlari deyishadi. Yana boshqa rivoyatda esa, u joyda Sherobod tepaligi ustida ko’p yillik katrangi daraxti bor. Bu daraxt qachonlardir Hazrat Ali qamchisining dastasi bo’lgan. Ya’ni Hazrat Ali shu joyga chiqib, tevarak atrofni kuzatib, qamchinini "belgi" sifatida yerga suqib, “Duldul” laqabli otiga minib ketgan ekan. Avliyo Parpi ota ziyoratgohi o’rnida kattagina buloq va yarim teshik tosh bo’lgan. Bu teshik tosh tikka o’rnatilgan bo’lib, ziyoratchilar uning orasidan uch marta aylanib o’tishgan, duoi fotiha qilib ketishgan.


  • 1978