So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Ziyoratgohlar

G'avsul A'zam ziyoratgohi

O'rg'oz qishlog'ida joylashgan. G'avsul A'zam Kasbiy bo'yida tug'ilgan bo'lib, hayoti davomida turli o'lkalarda bo'lgan. Xalq orasidagi rivoyatlarga ko'ra u hozirgi Ohangaron tumani O'rg'oz qishlog'ida ham bo'lgan va zikrxona qurdirgan. Mazkur tumanning Qiziloy qishlog'ida istiqomat qiluvchi sakson olti yoshli Abduxoliq otaning onasi Hosiyat buvi uning onasi Xalifa buvi va ularning buvilari ham O'rg'oz qishlog'idagi o'sha qadamjoga borib zikr qilganlar. U erga keluvchi ziyoratchilar darddan forig' bo'lish, farzandli bo'lish va boshqa hojatlarni so'rab iltijo qiladilar. Chorshanba kunlari ziyoratchilar ko'p bo'ladi. U “Qo'rg'oni shams” masjidi bilan bir hududda joylashgan.

Payg'ambarimizning qizlari Fotimai Zahro va uning o'g'illari imom Hasan va imom Husaynga borib ulanadigan Sayyid Abdulqodir hijriy 471 yilda Eronning Gilon viloyatida tug'ilgan. O'n olti yoshli Abdulqodir Giloniy hijriy 480 yilda Bag'dod shahriga borib tahsil oladi. O'z davrining ulug' mutafakkirlaridan islom dini asoslari va tasavvuf ta'limotini puxta egallaydilar. Umrlarining ko'p qismini Bag'dodda o'tkazadilar, hazrat Bag'dodda o'ttiz uch yil davomida tolibi ilmlarga saboq beradilar. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Giloniy Hazratlari o'z madrasalarida toliblarga ilmi tafsir, hadis, mazhab, usul, axloq, fiqh kabi fanlardan saboq bergan ekanlar.

Hazrat G'avsul A'zam karomatda, bashoratda va farosatda tengsiz bir zot bo'lib, o'z zamondoshlari orasida “Sultonul avliyo” deb e'zozlangan. Ul zotning bir umrlik maqsadlari kishilarni yaxshilik yo'lida tarbiyalash, yomonlik yo'llaridan qaytarish, ojiz va yo'ldan adashganlarga yordam berish, halollik va ezgulik uchun kurashish ekan. Shunchalik darajada shon-shuhrat martabasiga erishishlariga qaramay, faqir va miskinlarga mehribonlik nazari bilan qarab, qariyalar va kichiklarga yordam ko'rsatardilar.



  • 2568