So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Tender savdolari va bo`sh turgan yerlar

Oferta savdolari o‘tkazish tartibi

Sotuvchi savdolarning shartlariga to‘liq mos bo‘lgan buyurtmanomani bergan yagona ishtirokchi bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.

Agar buyurtmanoma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtmanoma berilgan bo‘lsa, operator elektron auksion (tanlov) o‘tkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga elektron xat orqali auksion (tanlov) ob’ektini boshlang‘ich narxi (ijaraning tayanch stavkasi) bo‘yicha sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risidagi taklifni (ofertani) yuboradi.

Agar ishtirokchi besh ish kuni mobaynida operatorning taklifiga javoban sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risidagi javobni (akseptni) yuborsa, u auksion g‘olibi e’tirof etiladi, bu haqda ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda auksion (tanlov) natijalari to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtiriladi.

Auksion (tanlov) ishtirokchisi, agar u taklif yuborilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida operatorga auksion (tanlov) ob’ektini sotib olish istagi yo‘qligi haqida xabar bersa yoki ushbu muddat mobaynida operatorga sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida yozma ravishda yoki elektron xat orqali xabar bermasa, auksion (tanlov) ob’ektini sotib olishni rad etgan deb e’tirof etiladi.


Manba: e-auksion.uz

  • 1292