So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Tender savdolari va bo`sh turgan yerlar

"E-IJRO AUKSION" elektron auksionda qatnashish bo‘yicha qo‘llanma

Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyul 2017 yilda PQ-3149- sonli qarori qabul qilingan. “E-IJRO AUKSION” YAESMda auksionlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish uchun tashkil etiladi va faqatgina elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

“E-IJRO AUKSION” YAESM fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish hamda ko‘chmas mol-mulk, avtotransport vositalari va boshqa mol-mulkni adolatli va shaffof savdolarda sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.

«E-IJRO AUKSION» YAESM yaratishning asosiy maqsadlari:

– ijro ishi yuritishni amalga oshirishda, hamda jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash;

– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;

– sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash;

– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;

– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.

Mol-mulk elektron onlayn-auksionda sotish uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan davlat ijrochisi, hamda yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha qo‘yiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:


– sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda, hamda jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish;

– mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;

– fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;

– elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;

– mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

"E-IJRO AUKSION" elektron auksionda qatnashish bo‘yicha qo‘llanma

instruction_1.png

*1-qadam foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 1 marotaba amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga saytdan to‘laqonli foydalanish, shu jumladan, elektron savdoda qatnashish uchun ariza berish imkoniyati yaratiladi.


Manba: e-auksion.uz

  • 1173