So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Tender savdolari va bo`sh turgan yerlar

Auksionda qatnashish uchun oferta

Auksion ishtirokchilari auksion boshlanishidan oldin bir soat mobaynida ERIdan foydalanib virtual savdolarning savdo maydonchasiga kirishni amalga oshiradi. Auksion savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan vaqtda, savdo maydonchasida sotiladigan davlat mulki ob’ektini boshlang‘ich narxi bo‘yicha avtomatik tarzda joylashtirish orqali boshlanadi.

Auksion musobaqa asosida, narxini oshirish tamoyili bo‘yicha, buyurtmanomalar bo‘lmaganda esa - sotuvchi bilan kelishilmagan holda qonun hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi avtomatik tarzda qo‘llanilgan holda o‘tkaziladi.

Auksionlar ish kuni davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

Agar lotning narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlash ishtirokchi tomonidan elektron auksion o‘tkazilishi vaqti tugashigacha o‘n daqiqadan kam vaqt qolganda amalga oshirilgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish muddati taklifni oxirgi tasdiqlash paytidan boshlab o‘n daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi taklif elektron auksion o‘tkazilishi muddatini o‘n daqiqaga uzaytiradi. Bunda elektron auksion o‘tkazilishi muddati ko‘pi bilan uch soatga uzaytiriladi va auksion soat 21:00 gacha yakunlanishi lozim. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‘lib soat 21:00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb tan olinadi.

Auksion bosqichi:

birinchi to‘rt bosqichda - auksion ob’ekti boshlang‘ich qiymatining besh foizini;

beshinchi va keyingi bosqichlarda - auksion ob’ekti boshlang‘ich qiymatining uch foizini tashkil etadi.

Istisno tariqasida boshlang‘ich qiymati elektron auksion o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomani joylashtirish paytiga kelib belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq bo‘lgan davlat mulki ob’ektini sotishda, auksion bosqichi esa auksion ob’ektining boshlang‘ich qiymatidan ikki foizni tashkil etadi.

Manba: e-auksion.uz

  • 1282