So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Tender savdolari va bo`sh turgan yerlar

Auksion o‘tkazish qoidalari

Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron onlayn-auksion savdolarini o‘tkazish

QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil16 iyundagi 454-son qarori asosida ishlab chiqilgan.

Umumiy qoidalar

1.1. Davlat aktivlarini sotishda elektron onlayn-auksion savdosi xabarnoma veb-portalga joylashtirilgan kundan boshlab auksion savdosi kamida 30 kalendar kun, davlat ob’ektlarni ijaraga berish holatlarida esa – auksion savdosi kamida 15 kun kalendar qolganda o‘tkaziladi.

1.2. Elektron onlayn-auksionda har qandan jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

1.3. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun «E-IJRO AUKSION» YAESM saytida ro‘yxatdan o‘tiladi.

Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan keyin «E-IJRO AUKSION» YAESM saytida unga shaxsiy kabinet va depozit hisobvaraq yaratiladi.

Foydalanuvchining elektron pochta manzili shaxsiy kabinetga kirish uchun login sifatida ishlatiladi.

Shaxsiy kabinetga kirish uchun parol foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mustaqil beriladi.

Auksion (tanlov)da ishtirok etish shartlari

2.1. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun davlat mulki ob’ektlari tanlov asosida “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish hamda davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab operator veb-portalida avtomatik tarzda qabul qilinadi va auksion o‘tkaziladigan kundan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi.

Buyurtma qabul qilish uchun belgilangan muddat o‘tgandan keyin kelib tushgan buyurtmalar qabul qilinmaydi.

2.2. Buyurtmalar elektron ravishda taqdim etiladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi

3.1. Operator veb-portalida elektron onlayn-auksion xabarnomada ko‘rsatilgan kun va vaqtda boshlanadi.

3.2. Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion sotish musobaqa asosida, narxini oshirib borish tamoyilida o‘tkaziladi.

3.3. Elektron onlayn-auksion ikki yoki undan ortiq ishtirokchi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.

3.4. Davlat mulki ob’ektlari va Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomada ko‘rsatilgan tanlovlarning sanasi va vaqti kelganda amalga oshiriladi.

Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati tanlovida ishtirok etish uchun talabgor tanlov hujjatlariga muvofiq tuzilgan tanlov taklifini (investitsion majburiyatlarning taklif etilgan miqdori, ularni kiritish shakllari, muddati va shartlari) taqdim etishi shart.

3.5. Boshlang‘ich narx sotib olish qiymati bo‘yicha davlat mulki ob’ekti (ulushi) qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobotning ekspert xulosasida ko‘rsatilgan miqdorda belgilanadi.

Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion o‘tkazilishida ijara haqining boshlang‘ich narxi ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlangan ijara haqining yillik tayanch stavkasiga teng.

Davlat ob’ektlarini «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotishda investitsion majburiyatlarning eng kam qiymati miqdori Davlat tender komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasi qarori bilan belgilanadi.

3.6. Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha auksion qadami:

birinchi to‘rtta qadamda — auksion ob’ekti baholangan qiymatining 5 foizi miqdorida;

beshinchi va undan keyingi qadamlarda — auksion ob’ekti baholangan qiymatining 3 foizi miqdorida belgilanadi.

Baholangan qiymat xabarnoma joylashtirish paytida eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan yuqori bo‘lgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, auksion qadami, istisno tariqasida, auksion ob’ekti baholangan qiymatining 2 foizi miqdorida belgilanadi.

3.7. Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion ishtirokchilaridan lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga oshirilgan narxda sotib olish bo‘yicha taklifni tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi.

3.8. Agar lot narxini oshirish haqidagi taklifni oxirgi tasdiqlagan auksion ishtirokchisi buni elektron onlayn-auksionni o‘tkazish vaqti yakunlangunga o‘n daqiqadan kam qolganda amalga oshirgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish vaqti oxirgi taklif tasdiqlangan paytdan boshlab keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi. Biroq bunda elektron onlayn auksionni o‘tkazish vaqti 18:00 dan keyin 3 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin va auksion 21:00 ga qadar yakunlanishi lozim. Lot narxi bo‘yicha taklifni soat 21:00 ga qadar oxirgi tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb topiladi.

3.9. Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish jarayonida texnik uzilishlar sodir bo‘lganda auksion o‘tkazish sanasi va vaqti haqida auksion ishtirokchilari majburiy xabardor qilinadi hamda auksion texnik uzilish bartaraf etilgan kunning ikkinchi ish kuniga ko‘chiriladi.

3.10. Agar buyurtma berish vaqti yakunlangan paytga kelib faqat bir ishtirokchi tomonidan buyurtma berilgan bo‘lsa, operator elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilishi kunida ushbu ishtirokchiga elektron xat orqali elektron onlayn-auksion (tanlov) ob’ektini boshlang‘ich narxi (ijaraning tayanch stavkasi) bo‘yicha sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida taklif yuboriladi.

Elektron onlayn-auksion ishtirokchisi, agar u taklif yuborilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida operatorga auksion ob’ektini sotib olish istagi yo‘qligi haqida xabar bersa yoki ushbu muddat mobaynida operatorga sotib olish (ijaraga olish) to‘g‘risida yozma ravishda yoki elektron xat orqali xabar bermasa, auksion (tanlov) ob’ektini sotib olish rad etilgan deb hisoblanadi.

Elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazilmagan deb topilishi

4.1. Agar:

elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa;

elektron onlayn-auksion ishtirokchilaridan birortasi mulkni auksion jarayonida taklif etilgan narx bo‘yicha sotib olish istagini bildirmagan bo‘lsa;

elektron onlayn-auksionda ishtirok etishga faqat bitta ishtirokchi qo‘yilgan va u auksion ob’ektini sotib olishni rad etgan bo‘lsa, davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha elektron onlayn-auksion bo‘lib o‘tmagan deb e’tirof etiladi.

Takroriy elektron onlayn-auksion (tanlov) o‘tkazish tartibi

5.1. Davlat mulki ob’ektlari va Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksion ish kuni davomida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar o‘tkaziladi.

Davlat mulki ob’ektlarining tanlov asosidagi “nol” xarid qiymati bo‘yicha ishtirokchilarning tanlov takliflarini baholash veb-portal orqali avtomatik tarzda savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida bildirishnomada ko‘rsatilgan tanlovlarning sanasi va vaqti kelganda amalga oshiriladi.

5.2. Takroriy elektron onlayn-auksion ikki yoki undan ortiq ishtirokchi bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi.

5.3. Davlat mulki ob’ektlarining takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etishi uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, elektron onlayn-auksion sanasi yana ikki oyga uzaytiriladi.

Bunda elektron onlayn-auksion o‘tkazilish sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.

Ushbu muddat tamom bo‘lgandan so‘ng keyingi kundan boshlab davlat mulki ob’ektlariga bosqichma-bosqich arzonlashtirish mexanizmi qo‘llanadi va elektron onlayn-auksion boshlang‘ich narxdan 10 foizga kamaytirilagan holda 15 kunlik muddat bilan 50 foizga yetguncha qadar takroriy elektron onlayn-auksionga chiqariladi.

5.4. Davlat mulki ob’ektlarining «nol» xarid qiymati bo‘yicha takroriy tanlovda ishtirok etishi uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, tanlov yana ikki oyga uzaytiriladi.

Tanlovlar birinchi tanlov o‘tkazilishi sanasidan boshlab ikki oy mobaynida 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi.

5.5. Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha takroriy elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun birorta buyurtma tushmagan bo‘lsa, takroriy elektron onlayn-auksion har gal ob’ektni ijaraga berishgacha 15 kunga uzaytiriladi.

Elektron onlayn-auksionda birinchi auksion o‘tkazilish sanasidan boshlab doimiy tartibda 15 ish kunida bir marta davriylik bilan o‘tkaziladi va bildirishnomada ko‘rsatilgan sana va vaqtda boshlanadi

Auksion (tanlov) g‘olibining huquqlarini rasmiylashtirish tartibi

6.1. Davlat mulki ob’ektlari va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha oxirgi tasdiqlangan taklif paytidan boshlab o‘n daqiqa ichida lot narxini oshirish to‘g‘risida keyingi taklif birorta ishtirokchi tomonidan tasdiqlanmasa, lot narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‘lib tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb e’tirof etiladi.

6.2. Davlat mulki ob’ektlarini tanlov asosida «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotishda tanlov takliflarini baholash va tanlov g‘olibini aniqlash ballar tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Tanlov taklifi va shartlariga eng yuqori darajada mos bo‘lgan tanlov ishtirokchisi tanlov g‘olibi deb e’tirof etiladi.

6.3. Har bir sotilgan davlat mulki ob’ekti bo‘yicha auksion natijalari veb-portal tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi

Operator maxsus blankada auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani uch nusxada rasmiylashtiradi, uni muhr bilan tasdiqlaydi va bir nusxasini auksion g‘olibiga (yoki auksion g‘olibining roziligi bilan uni pochta orqali yuboradi), bir nusxasini sotuvchi (ijaraga beruvchi)ga topshiradi.

Bayonnoma davlat mulki ob’ektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish uchun asos hisoblanadi.

Zakalat pulini qaytarish tartibi va shartlari

7.1. Auksion yakunlanganidan yoki o‘tkazilmagan deb topilganidan so‘ng zakalat puli ishtirokchining depozit hisobvarag‘iga avtomatik tarzda qaytariladi.

7.2. Ishtirokchining elektron onlayn-auksionda qatnashish istagi yo‘qligi va pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga asosan “shaxsiy hisob varag‘i”dagi pul mablag‘lari uning bankdagi hisob raqamiga qaytariladi.

7.3. Oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksion g‘olibiga u tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.


  • 1296