So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Ta'lim muassasalari

Maktabgacha ta`lim muassasalari


Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi

telefon : 0 370 202-10-11

manzil : Nurafshon shahri, Guzar MFY, Guzar ko‘chasi ko‘chasi 63 uy

el.pochta : toshkentvmtb@umail.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-sonli qarori asosan 2017 yilning 1 avgustidan boshlab barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda jismoniy va psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 apreldan jismoniy shaxslar farzandlarini davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabuli bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yoki davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari ro‘yxati





  • 1729