So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
    104 14%
    52 7%
    249 35%
    130 18%
    185 26%
Madaniyat va istirohat bog'lari

Bo'stonliq tumanida “BOG’I ERAM” istirohat bog'i

Bo'stonliq tuman hokimining 2011 yil 9-avgustdagi 1184-sonli qaroriga muvofiq tuman xokimligi qoshida “BOG’I ERAM” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan, yuridik maqomga ega. Bo'stonliq tumani G'azalkent shahar Bo'stonliq ko'chasi 8-uyda joylashgan. Bog'da obodonlashtirish ishlari yakunlandi, yo'lakchalar qaytadan barpo etildi. Qurilish va ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Tuman aholisi yoshlar uchun kichik ovqatlanish shahobchasi faoliyat ko'rsatmoqda. Xomiy tashkilotlar tomonidan mablag' o'tkazilmoqda. Bog'da 400 o'rinli amfiteatr, yozgi bolalar basseyni, karusellar, bolalar shaharchasi, 1 ta kichik xayvonot bog'i, 4 ta attraktsion, yozgi favvora ishga tushirildi.

2012 yilning 31 avgust kuni Mustaqillik bayrami arafasida “BOG’I ERAM” istirohat bog'i ochilish marosimi o'tkazildi. Shu munosabat bilan Mustaqillik bayramining 21 yillik bayramiga bag'ishlab “Taqdirimsan, baxtimsan erkin va obod Vatan!” nomli tadbiri ham aynan shu Istirohat bog'ida o'tkazildi.

2013 yil davomida Istirohat bog'ida quyidagi tadbirlar o'tkazildi: 19 mart kuni Bo'stonliq tumani G'azalkent shahar markazida joylashgan “Bo'stonliq Bog'i Eram” istirohat bog'ida “Obod yurtimda Navro'z” nomli umumxalq bayrami o'tkazildi.Bayram tadbirini tuman hokimi I.Hakimbaev ochib berdi va tumanimizdagi samarali mehnat qilayotgan bir qator faollarga Faxriy yorliq va esdalik sovg'alarini topshirdi. “Navro'z” umumxalq bayramiga bag'ishlangan kontsert dasturlarida tuman Madaniyat va sport ishlari bo'limiga qarashli madaniyat muassasalari badiiy chiqishlari namoyish etildi. Tumandagi 17-son Bolalar musiqa va san'at maktabining iste'dodli havaskor yoshlari, “Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalining g'oliblari Fotima-Zuxra Tursunboevalar jalb etildi.Tuman bayram tadbiriga O'zbekiston Fond forum jamg'armasi vakili tashrif buyurdi va jamg'arma raisi, professor Gulnora Karimovaning tabrigini o'qib eshittirdi. Bayram tadbiri tumanda yuqori saviyada tantanali ravishda o'tkazilmoqda.Bayram tadbiriga respublikamizning taniqli san'atkorlaridan bir guhui, xonandalar Abdulxay Zuxurov, mashhur so'z ustasi Shukrullo Isroilovlar tashrif buyurdilar va tuman aholisiga o'z qo'shiqlarini namoyish etdilar. Bayram tadbirida 2000dan ziyod aholi Navro'z tantanalarida ishtirok etdilar.

8-may kuni Xotira maydonidagi tadbir tugagach “Bo'stonliq Bog'i eram “ istirohat bog'ida tadbirning badiiy qismi boshlandi. Tadbirning badiiy qismida MMSaroyi badiiy xavaskorlik dastalari, “Bog'u bo'ston” ansambli ijrosida milliy qo'shiqlar namoyish etildi. Tumanimiz xarbiylari tomonidan Xamid Olimjonning «Jangchi Tursun» balladasi fonogramma ostida sahna ko'rinishi ijro etildi. Kontsert dasturida MMSaroyi qoshidagi “Qizil chinnigul” faxriylar xalq xori ijrosida xotiralarni eslatuvchi kuy qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir tugagandan so'ng Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari hamda mehnat faxriylari “Ertak” kafesiga taklif etildi va ularga atalgan bayram dasturxoni bezatildi. O'tkazilgan tadbirda jami axoli 20000 minga yaqin aholi ishtirok etdi.

30-may kuni “Bo'stonliq Bog'i Eram“ istirohat bog'ida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida yoshlar festivalini o'tkazildi

29-avgust kuni “Bo'stonliq Bog'i eram” istirohat bog'ida “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O'zbekiston!” shoiri ostida ommaviy bayram tadbiri o'tkazildi. Ushbu “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O'zbekiston!” shiori ostida o'tkaziladigan mustaqillik bayramiga bag'ishlangan tadbir stsenariysi ishlab chiqildi. Mazkur tadbirning badiiy qismida MMSaroyi qoshidagi “Gulyor”xalq dastasi, “Bog'u bo'ston” ansamli, “Dilshod” ,“Toj” , “Ulug'bek”, “Majnun”guruxlari, “Bo'stonliq lolalari” bolalar xori, “Karate-do”, 9-sonli MTM, 17-sonli BMSMning havaskorlik jamoalari faol ishtirok etdilar. Bundan tashqari mehmon san'atkorlardan taniqli xonandalar Abdulxay Zuxurov, Tamilla, Xumoyun Mirzolar va ijodkor yoshlar taklif etildi. Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq bayram tadbiri yuqori saviyada o'tkazildi.


  • 2461