So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
    104 14%
    52 7%
    249 35%
    130 18%
    185 26%
Madaniyat va istirohat bog'lari

Yangiyo'l tumani “A.Navoiy Gulshani nomli madanit va istiroxat bog'i”

Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istiroxat bog'larining moddiy texnika bazasini mustaxkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 322-son qarori hamda Toshkent viloyati xokimining 2012 yil 31 dekabrdagi 299-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 2011-2015 yillarda “A.Navoiy Gulshani” nomli madaniyat va istiroxat bog'ida o'rnatiladigan zamonaviy o'yin qurilmalari va anjomlari “ro'yxati” ishlab chiqildi va tuman xokimi tomonidan tasdiqlandi.

“A.Navoiy Gulshani” nomli madaniyat va istiroxat bog'i 1933 yillardan boshlab o'z faoliyatini boshlagan ilgari “Pushkin” nomi bilan atalgan. 1991 yili 1 sentyabr O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin madaniyat va istiroxat bog'i sifatida yuritila boshlandi. 2002 yila xashar yo'li bilan “A.Navoiy Gulshani” nomli madaniyat va istiroxat bog'i to'liq rekonstruktsiya qilindi.

Nizomda ko'rsatilishicha bog'ni asosiy xududini 3,214 gektar maydoniga bir kunda bog'ga keluvchilar nazorat me'yori 150-200 kishidan iborat bo'lishi kerak.

Yangiyo'l tumani Samarqand ko'chasi 153 manzilidagi “Alisher Navoiy Gulshani ” nomli madaniyat va istirohat bog'ining moddiy–texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Yangiyo'l tumani “Alisher Navoiy Gulshani ” nomli madaniyat va istirohat bog'i rahbari S.Mamadalieva hamda “XADICHA-KIDS” MChJ rahbari Isaev Ravshan Zuxurullaevich bilan shartnoma tuzildi 49 yilga ijara (arenda)ga berildi va Yangiyo'l tumani xokimining 2013 yil 28 oktyabr 822-sonli qaroriga asosan ruxsat berildi. Hozirgi kunda bog'da obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, “Mini-futbol” maydonchasi qurilib bitirilmoqda, bog' xududida joylashgan binolarni qayta rekonstruktsiya qilinishi hamda 8 ta attraktsion, har xil boshqa turdagi o'yin qurilmalari olib kelinib o'rnatilishi, bog' o'rtasida “Rangli musiqali favvora” o'rnatilishi, “Akvapark” qurilishi rejalashtirilgan. Shu bilan bir qatorda madaniyat va istirohat bog'i xududidagi mavjud inshoot va attraktsionlar kapital ta'mirdan o'tkazilmoqda. Bugungi kunda yuqorida aytib o'tilgan ishlarni 30 foizi amalga oshirilgan. Barcha loyihalarni 2014 yil 21 mart (“Navro'z” bayrami) ga qadar tugallash nazarda tutilmoqda.

2013 yilda “Alisher Navoiy Gulshani ” nomli madaniyat va istirohat bog'i Navro'z umumxalq bayrami, 15 may “Xalqaro oila kuni” bayrami, 25 may “So'ngi qo'ng'iroq kuni”, 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, 3 iyun “Sabanto'y - 2013”, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yillik bayramlari bo'lib o'tdi.

Alisher Navoiy gulshani


  • 2362