So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Madaniyat va istirohat bog'lari

Angren shahar A.Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'i

Angren shahar A.Navoiy nomli madaniyat va istiroxat bog'i 1977 yilda tashkil etilgan. Joylashgan manzili: Angren shahar, Amir Temur ko'chasi. Umumiy er maydoni 7 gektarni tashkil etadi. Bog' xududida kashtan, safora, majiveynik, tuya, majnuntol, terak, archa kabi daraxtlar va ko'p yillik gul ko'chatlari ekilgan. Bog' xududida “Sharq aylanasi”, “Shamol”, “Quyoshcha”, “Qo'ziqorin”, “Qo'ng'iroqcha”, “Bolalar poezdi”, “To'qnashuv mashinalari”, “Qayiqcha”, “Salьto”, “Batut”, “Lashariki” nomli attraktsionlar mavjud. Yoshlar uchun 3 ta muzqaymoq kafesi, 3 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari mavjud. Bog' tomonidan doimiy ravishda Navro'z umumxalq bayrami, Xalqaro oila kuni, Konchilar kuni, Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni, Mustaqillik bayramiga bag'ishlangan ommaviy tadbirlar o'tkazilib kelinadi. Yoshlar uchun turli madaniy-ma'rifiy uchrashuvlar, sport musobaqalari, tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda. Kam ta'minlangan oila farzandlari va 34-maktab-internat tarbiyalanuvchilari uchun bepul xizmatlar ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

Alisher Navoiy


  • 2207