So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Virtual qabulxona

Shahar hokimligida fuqarolar qabuli haqida

Bekobod shahar hokimligida jismoniy va yuridik shaxslar qabuli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35 moddasiga, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘QR-445-sonli Qonuni asosida tashkil etilgan.

Fuqarolar bugungi kunda shaxsan shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan “Bekobod shahar hokimligida fuqarolarni qabul qilish jadvali”da belgilangan soat va kunlarda shaxsan hokim, hokim o‘rinbosarlari, devonxona rahbari tomonidan qabul qilinadilar.

Qabulga yozilish hokimlikning Devonxona bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Qabulga yozilish istagini bildirgan fuqarolar o‘zlari bilan fuqarolik pasportlarini va murojaat qilinadigan masala bo‘yicha shahar hokimligiga yoki tegishli boshqarma, tashkilot, bo`lim yoki muassasaga murojaat etganliklari to‘g‘risidagi hujjatlari hamda ularning javob xatlarini taqdim etishlari lozim.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning binoan fuqaroning murojaatida fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi hamda ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati qisqacha bayon etilgan bo‘lishi lozim.

Murojaatda fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili ko‘rsatilmagan yoki soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday murojaatlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

  • 568