So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
O'zbekiston yangiliklar

Toshkentda Prezident universiteti tashkil etiladi

Toshkentda Prezident universiteti tashkil etiladi
19.02.2021

Namanganda xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Prezident universiteti tashkil etilishi haqida ham fikr bildirdi.

– Endi Prezident maktablari bilan birga Prezident universiteti ham bo‘ladi. Bu yerda ta’lim olganlar boshqa yurtlarga o‘qish emas, dars berish uchun boradi. Kelgusi haftada bu loyihaning tamal toshini qo‘yamiz. Eng nufuzli oliygohlarda dars beradigan o‘qituvchilarni qancha qimmat bo‘lmasin olib kelamiz. Pulimiz qaytadi. Lekin mening farzandlarim musofir bo‘lmaydi. Shu sababli bu oliygohni qurishga ahd qildik. Qurganda ham Oksford yoki Amerika universitetlaridan qolishmaydigan qilib barpo etamiz.




  • 221