So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
O'zbekiston yangiliklar

ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin

ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin
01.02.2021

Markaziy bank axborot xizmati xabar berishicha, MB boshqaruvining qaroriga asosan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, unda fuqarolar pasporti bilan bir qatorda identifikatsiya ID-karta yoki milliy haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligi belgilandi.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID–kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021 yildan boshlab identifikatsiya ID-kartalarini berish tizimi joriy etilgan.

Shu bilan birga, 2017 yil 19 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandiga asosan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.

Normativ-huquqiy hujjatga kiritilgan mazkur o‘zgartirishlar bank va mijoz o‘rtasida shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq tushunmovchiliklarning oldini olishga xizmat qiladi.




  • 229