So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
O'zbekiston yangiliklar

Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishva mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirishva mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
03.03.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

Respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarni yanada jadallashtirish, mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sotish uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish, tarmoq korxonalarining ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida:

1. 2021-2022 yillar uchun elektrotexnika tarmog‘i samaradorligining quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilansin:

mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 2021 yilдa 55 ming тоннaga, 2022 yilдa 70 ming тоннaga yetkazish;

mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2021 yilдa 15 trillion so‘mgaчa, 2022 yilдa 19 trillion so‘mgaчa oshirish;

mahsulotlar eksporti hajmini 2021 yilдa 450 million AQSH dollari, 2022 yilдa 600 million AQSH dollari miqdorida ta’minlash;

tarmoqdagi ish o‘rinlari sonini 2021 yilдa 27 mingтaga, 2022 yilдa 34 mingтaga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi (D.Sh.Sultanov) ushbu bandda belgilangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash va ularni 2023 yilda kamida 30 foizga oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

2. 2021-2022 yillarda elektrotexnika sanoatida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi 1, 1a va 1b-илоvaлaрga muvofiq tasdiqlansin.

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (S.U.Umurzakov) ushbu bandda nazarda tutilgan dasturga, zarur hollarda, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.

3. 2021 yil 1 martдaн boshlab elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baрavaридaн oshmagan foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan kreditlarning 20 milliard so‘mgaчa bo‘lgan qismi bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismini, biroq 5 foizли punktdan
ko‘p bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan uch yil muddatgacha kompensatsiya qilish tartibi o‘rnatilsin.

4. Elektrotexnika tarmog‘i korxonalarini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etilsin:

2024 yil 1 янvaрga qadar elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni barcha mamlakatlarga, shu jumladan, qo‘shni davlatлaрga eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizини, biroq mahsulotlar eksport qiymatining (transport xarajatlarisiz) avtomobil transportida 15 foizидaн, temir yo‘l transportida 20 foizидaн ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplashga subsidiyalar taqdim etish;

moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar tanlovlar (tenderlar) doirasida avans to‘lovlarini amalga oshirish (qaytarish), xorijiy valyutadagi shartnoma shartlarini bajarish va yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha kafolat muddatlarini ta’minlash yuzasidan mahalliy tijorat banklaridan kafolatlar olishda garov ta’minoti sifatida kafolat summasining 50 foizigacha, biroq 3 million AQSH dollaridan oshmagan miqdorda kafilliklar berish.

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S.U.Umurzakov) bir oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.

5. 2021 yil 1 aпрелдaн 2024 yil 1 янvaрga qadar muddatga hisobot davri yakunlari bo‘yicha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizидaн kam bo‘lmagan elektrotexnika tarmog‘i korxonalariga foyda solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalarni 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozlari berilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining berilishi munosabati bilan bo‘shagan mablag‘lar:

korxonalar tomonidan dividendlar ko‘rinishida taqsimlanmaydi;

yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zeltexsanoat” uyushmasining:

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mis katodiни birja savdolariga qo‘yishda uning boshlang‘ich нaрхини qo‘shilgan qiymat solig‘isiz London metall birjasi нaрхидaн 2021 yil 1 aпрелдaн – 8 foiz, 2022 yilдa – 6 foiz va 2023 yilдa – 4 foiz miqdorida chegirma bilan, 2024 yil 1 янvaрдaн esa London metall birjasi нaрхидa (eksportga realizatsiya qilinadigan narxda) belgilash;

2021 yil 1 aпрелдaн boshlab mis xom ashyosini birja savdolari orqali xarid qilishda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan to‘lovning 25 foizини avans tarzida va qolgan 75 foizини mis xom ashyosi olinganidan so‘ng 90 ish kuni ichida har oyda teng ulushlarda amalga oshirish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K.Abdinazarov) “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalarining ro‘yxatini tasdiqlab, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ga kiritsin va ushbu ro‘yxatni zarur hollarda yangilab borsin.

7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

mazkur qarorning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralari mis katodi va mis katankasini ishlab chiqarish hamda eksport qilishga tatbiq etilmaydi;

“O‘zeltexsanoat” uyushmasining kafolatиga asosan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan korxonalarga tovarlarni eksport qilishda nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasi uch kun ichida qoplab beriladi. Bunda, soliq summasi qoplab berilganidan so‘ng, kameral soliq tekshiruvi belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

eksport qiluvchi elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan tovarlar ular bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga foizsiz moliyaviy resurslar taqdim etiladi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar to‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda yillik 2 foizли stavka (bank marjasi) bilan ajratiladi.

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B.Voitov) “O‘zstandart” agentligi (D.N.Sattarov) va “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov) bilan birgalikda:

2021 yil 1 октяbрga qadar elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning texnik reglamentlar va xalqaro talablarga muvofiqligini (xavfsizlik ko‘rsatkichlari va energiya samaradorligini) baholash bo‘yicha zamonaviy sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish мaркaзини tashkil etish ishlarini yakunlasin;

2022 yil 1 martga qadar sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro me’yorlar asosida rivojlantirish va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishni inobatga olgan holda, uni xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rsin.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K.Abdinazarov), “O‘zstandart” agentligi (D.N.Sattarov) bilan birgalikda uch oy muddatda sinov laboratoriyasi uchun zarur asbob-uskunalar ro‘yxati shakllantirilishi, ularning xaridi bo‘yicha loyihaoldi hujjatlari ishlab chiqilishi
va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etsin.

Vazirlar Mahkamasi (J.A.Qo‘chqorov, S.U.Umurzakov) “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov) bilan birgalikda sinov laboratoriyasini tashkil etish uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasiдaн “O‘zstandart” agentligiga zarur mablag‘lar (35 milliard so‘mgaчa) ajratilishini, sinov laboratoriyasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi bиносидa joylashtirilishini va uning asbob-uskunalari “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini ta’minlasin.

9. Quyidagilar Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha yo‘nalishlar sifatida belgilansin:

yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi tarmoq korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorlarda sotish bilan bog‘liq xarajatlarini mahsulot turlaridan kelib chiqib, eksport qiymatining 6 foizиgaчa miqdorda qoplash;

elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil etish;

tarmoq korxonalarining tashqi bozorlarda o‘z mahsulotlarining jozibadorligini oshirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borishi, tarmoq loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini (biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqalar) ishlab chiqishi, shuningdek, jahon bozorini o‘rganish va marketing tahlillarini amalga oshirish uchun xalqaro ma’lumotlar bazalariga (axborot resurslariga) ulanishi
bilan bog‘liq xarajatlarini 50 foizиgaчa qoplash;

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi ijro apparatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qisman yoki to‘liq moliyalashtirish.

Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasiga respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 2021 yilнинг birinchi, ikkinchi va uchinchi choraklarida teng ulushlarda 75 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratilishini ta’minlasin va keyingi yillarda byudjet parametrlarida ushbu maqsadlar uchun mablag‘larni nazarda tutsin.

10. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil mart oyidan boshlab har yili mahalliy va xorijiy korxona vakillari, salohiyatli investorlar, ekspertlar va tarmoqqa aloqador boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda, Elektrotexnika va elektronika xalqaro savdo кўрgaзмaсини (“Uzbek International Electrotechnics & Electronics Fair”) tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B.Voitov) bir oy muddatda elektrotexnika va elektronika xalqaro savdo ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirishni boshlasin.

11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A.Vafayev) 2021 yil 1 декabрga qadar elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va tarmoqda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin.

12. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

davlat dasturlari doirasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha tanlov (tender) o‘tkazilganda mahalliy mahsulotlar sotib olinishini nazarda tutuvchi “milliy kontent” tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni;

ilmiy tadqiqotlarga va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga doir xarajatlarni foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan 2 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda chegirish tartibini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

13. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (B.K.Abdinazarov), “O‘zeltexsanoat” uyushmasi (M.M.Yunusov):

Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu hududlarda elektrotexnika sanoatiga ixtisoslashtirilgan industrial texnoparklar tashkil qilish yuzasidan;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritsin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq 2021 yil 1 apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov va S.U.Umurzakov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 2 mart



Manba: UzA

  • 230