So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

VI chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining XXII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

19.01.2021
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining XXII sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputati O.Mirzayev, shahar korxona, tashkilot va sektor rahbarlari, maktab direktorlari, MFY raislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyatini tashkil etish to‘g‘risida.

2. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudirini tayinlash to‘g‘risida.

3. Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

4. Boshqa masalalar.

Sessiya kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi A.Eshonqulov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 17.12.2020 yildagi № KQ-161–IV—sonli Qarori asosida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyatini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek kotibiyat mudirligiga tavsiya etilgan nomzodni faollarga tanishtirdi hamda tasdiqlash taklifini kiritdi.

Kiritilgan takliflar deputatlar tomonidan muhokama etilib, bir ovozdan ma’qullandi. Kotibiyat mudiri etib Saidkarimov Jasurjon O‘rinxodjayevich tasdiqdandi.

Shuningdek, sessiya ishida Davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilib, shahardagi barcha davlat tashkilotlari va idoralarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish hamda ish yuritishni davlat tilida tashkil etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi deputatlar muhokamasiga taqdim etildi.

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining XXII sessiyasi yuqoridagilarga muvofiq, qizg‘in munozaralar va ishchanlik ruhida o‘tdi va tegishli qarorlar qabul qilindi.


Manba: Ohanagaron tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 174