So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Toshkent viloyatida eskirgan gaz hisoblagichlar to‘liq zamonaviysiga almashtirilmoqda

Toshkent viloyatida eskirgan gaz hisoblagichlar to‘liq zamonaviysiga almashtirilmoqda
29.01.2021

Aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan “Hududgaz Toshkent” gaz ta’minoti filiali tomonidan zarur barcha choralar ko‘rilmoqda.

Asosan qizil hududlarga kiritilgan Chinoz, Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l, Nurafshon shahrida aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘z navbatida, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarni yuritishning oddiy va qulay tizimi joriy etildi.

Prezidentimizning 2020 yil 24 sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barcha toifadagi iste’molchilar orasida tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini keng joriy etish ishlari olib borilmoqda. Mazkur hujjat asosida filial tomonidan Toshkent viloyatidagi har bir xonadonga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatilmokda. Xususan, Yangiyo‘l shahrida jami 17 ming 67 ta xonadon mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar 1 ming 779 tasi zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlandi.

Viloyatning qariyb 90 foiz iste’molchilarida gaz hisoblagichlar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati 10 yil va undan ortiq vaqtdan beri foydalaniladi. Shu sababli ularning aniqlik darajasi va ko‘rsatkichlarida xatoliklar yuzaga kelishi tabiiy. Yangi gaz hisoblagichda ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq muammolarga barham beribgina qolmay, hisob-kitoblarni amalga oshirishda zarur barcha qulayliklarga ega.

Mutaxassislar tomonidan aqlli hisoblagichlarni har bir xonadonga o‘rnatishdan 10 kun oldin uy egalari ogohlantiriladi. O‘rnatilgan hisoblagichlarga plomba qo‘yiladi. Agarda o‘rnatilgan hisoblagichlar ishlamay qolsa yoki biror kamchiligi bo‘lsa mutaxassislar borib ko‘radi, tekshiruv davomida mavjud vaziyatga qarab yangisiga almashtiriladi. O‘rnatilayotgan bu yangi gaz hisoblagichlar aholiga uzluksiz gaz yetkazib berish orqali kafolatli xizmat ta’minlanadi. Gaz quvurlaridagi yo‘qotishlarni aniqlash va uni bartaraf etish imkonini beradi. Noqonuniy foydalanishlarning oldi olinadi. Aholidan to‘lovlarni qabul qilishda qulaylik yaratadi.

Muhimi, xizmatlar uchun to‘lov olinmayda, aqlli hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi. O‘z navbatida, gaz hisoblagichni mustaqil ravishda ta’mirlash, korpusining ichini ochish unga shikast yetkazish taqiqlanadi. Energiya manbasi, ya’ni batareyalarini almashtirish zarur bo‘lganda, albatta mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.




  • 281