Toshkent viloyati faollari – Sayyora Baratova va Mahmud Toirov e’tirof etildi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan, bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.
Jumladan, Senat a’zolarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning 2021 yil 26 yanvardagi tavsiyalarini ko‘rib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:
Oral Aminovna Ataniyazovaga — «Adolatli senator»;
Maxmudjon Toirovga — «Xalqparvar senator»;
Farmon Isxakovich Toshevga — «Mehnatkash senator»;
Sayyora Raxmatovna Baratovaga — «Faxriy senator»;
Baxrom Mamajanovga — «Faxriy senator»;
Shukurjon Mamatkulovga — «Faxriy senator» maqomlari berilsin.
Ushbu maqomlarga sazovor bo‘lgan senat a’zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
-
-
230