So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Ta’mirtalab ichki yo‘llarga shag‘al to‘shalmoqda

Ta’mirtalab ichki yo‘llarga shag‘al to‘shalmoqda
19.02.2021
Ohangaron tumani FVB tomonidan 1-sektor hududi “Gulobod” mahalla fuqarolar yig‘inida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazish orqali ta’mirtalab ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi.

Tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i Abdurasul Abdullayev tashabbusi bilan tadbirga tuman FVBning mexanizasiyalashgan otryadiga tegishli 10 ta maxsus texnika va 16 nafar ishchi-xizmatchi jalb etildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqlari davomida “Gulobod” MFYning Charog‘on va Istiqlol ko‘chalaridagi 1,3 km.dan ortiq uzunlikdagi ta’mirtalab yo‘llarga shag‘al to‘shaldi.

Ma’lumot o‘rnida, tumandagi 29 ta MFYdagi umumiy uzunligi 46,6 km. bo‘lgan nosoz ichki yo‘llarga reja asosida shag‘al qoplamalari yotqizish belgilangan.



  • 205