So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Sog‘liqni saqlash sohasi: Toshkent viloyatida 2021 yilda qayerda va qanday qurilish olib boriladi?

Sog‘liqni saqlash sohasi: Toshkent viloyatida 2021 yilda qayerda va qanday qurilish olib boriladi?
02.02.2021
Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, viloyatda 2021 yilda amalga oshiriladigan qurilish ob’yektlari tasdiqlandi. Agar sog‘liqni saqlash sohasidagi qurilishlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qamrov o‘tgan yilga nisbatan birmuncha ortganini ko‘ramiz.

Umuman joriy yilda bitta tuman ko‘p tarmoqli poliklinikasi yangidan quriladi. Shuningdek, viloyat silga qarshi kurash dispanseri, tuman va shahar tibbiyot birlamalarining bo‘limlari resonstruksiya qilinadi.

Xususan, joriy yilda Toshkent tumani tibbiyot birlashmasining zamon talablariga javob beradigan ko‘p tarmoqli poliklinikasi yangidan quriladi.

300 nafar bemor qatnoviga mo‘ljallangan shifo maskani bunyod etish uchun davlat byudjeti mablag‘laridan 4 milliard 500 million so‘m ajratiladi.



  • 228