So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Sayyor qabul: aholi muammolari hal etilmoqda

Sayyor qabul: aholi muammolari hal etilmoqda
01.03.2021
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “mahallabay” ishlash orqali uyma-uy yurib, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunday ishlar bilan Bekobod tumani misolida tanishaylik. 5 ta fuqarolar yig‘inidagi 2 230 ta xonadonda yashovchi 12 551 nafar fuqaroning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, ularning ijtimoiy muhofazasi, uy-joy va kommunal sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davrida xonadonlarga uyma-uy kirish davomida aniqlangan 80 dan ortiq muammo bartaraf etilgan.

Xususan, Zafar shaharchasi “Gulzor” mahallasida istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftar”ga kiritilgan Xadicha O‘rinovaga 4-sektor rahbari yordami bilan 30 mln.so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Bugungi kunda X. O‘rinova qo‘ziqorin yetishtirib, bozorda kamyob bo‘lgan ushbu mahsulotni iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Endilikda “Temir daftar”dan chiqarildi.

Shuningdek, mazkur mahalladagi “Temir daftar”ga kiritilgan fuqaro Dilmurod Yusupovga ham kredit olishga ko‘maklashildi. Hozirda Yusupov qisqichbaqa (krevetka) yetishtirmoqda. Go‘shti xorijda xaridorgir bo‘lgan ushbu mahsulotni D. Yusupov chet davlatlarga eksport qilishni rejalashtirgan.

Ta’kidlash kerakki, sayyor qabullar orqali aholidan tushgan murojaatlar samarasi o‘laroq, obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. 12 ta yuk mashinasidagi qum-shag‘al “Saryuz" mahallasi ichki ko‘chalariga to‘shaldi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining aholi bilan sayyor uchrashuvlari davom etmoqda.



Manba: Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

  • 222