So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Qo‘shma korxonaga sayohat uyushtirildi

Qo‘shma korxonaga sayohat uyushtirildi
26.01.2021
Piskent tumani hokimligi tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj va mehnat qilish istagidagi ayollar uchun ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirildi.

Xususan, “LOTUS TEKSTIL” MChJ o‘zbek-turk korxonasi va “AZALEA GARMENT” MChJ trikotaj fabrikasiga tashkil etilgan sayohatda 9 ta mahalladan 46 nafar xotin-qiz ishtirok etdi. Bugungi kunda korxonalarda 250 nafar xotin-qiz uchun bo‘sh ish o‘rni mavjud.

Jamiyatlardagi ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishgan 10 nafar ayol shu yerning o‘zida ishlash istagini bildirdi va mehnat shartnomalari tuzildi.

Umuman tumanda joriy yilning yanvar oyida ishlash niyatida bo‘lgan 58 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 274 nafar ayollarni biznes kurslarda o‘qitish rejalashtirilgan.

Ayni vaqtda Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida 60 nafar ayollarning maxsus kurslarda ta’lim olishi ta’minlanmoqda.


Manba: Piskent tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 161