So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

“OKMK”: joriy yilda 142 761 000 dollarlik mahsulot eksport qilindi

04.03.2021
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi tomonidan 2021 yilning yanvar-fevral oylarida yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qayd etilib, mahsulotlar eksporti borasida ham quvonarli natijalarga erishildi.

Kombinat Metallurgiya xom ashyosi bilan ta’minlash va sotish boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan ikki oyda 142 mln 761 ming AQSH dollari miqdorida mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. Reja 153,3 foizga bajarilganini alohida ta’kidlash joiz.

Jumladan,

12362 tonna mis katodi eksport qilingan, reja 130,6 foizga uddalangan.

1622 tonna mis katankasi xorijlik importyorlarga jo‘natilib, reja 649 foizga bajarilgan.

722 onna mis quvurlarining eksporti amalga oshirilib, topshiriq 205,4 foizga yetkazilgan.

Rux metalli eksporti rejasi 112,6 foizga bajarilib, importyorlarga 8447 tonna yuborilgan.

Syement eksportida 13566 tonnalik natija qayd etilgan.

13517 tonna sulfat kislotasi xorijga yetkazib berilgan.

4069 tonna qo‘rg‘oshin mahsulotlari eksport qilingan.

124 tonna molibden metalli xorijga sotilgan, reja 310 foizga uddalangan.

2336 tonna mis kuporosi importyorlarga jo‘natilib, reja 1168,1 foizga uddalangan.

Kombinat ishlab chiqarayotgan mahsulotlar asosan Turkiya, Rossiya Federasiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston va Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.



Manba: “OKMK” Axborot xizmati

  • 256