So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Mutasaddilar oziq-ovqat zaxirasini ko‘zdan kechirishdi

12.01.2021
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 oktyabrdagi “2020-2021 yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i M.Abduhakimov, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari B.Alimbekov, viloyat prokurori o‘rinbosari S.Ro‘ziyev va ishchi guruh a’zolari Quyi Chirchiq tumanidagi "TST Cluster"mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lishdi.

Mutasaddilar aholi va ijtimoiy soha muassasalari uchun yaratilgan oziq-ovqat zaxirasi bilan tanishishdi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda tumanda 7 ming 600 tonna guruch, 1 ming 259 tonna kartoshka, 664,0 tonna piyoz, 498,0 tonna sabzi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilgan.

  • 174