So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Murojaat hal etildi: 2 nafar yoshga yer ajratildi

Murojaat hal etildi: 2 nafar yoshga yer ajratildi
20.02.2021
Qibray tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va Xalq qabulxonasi vakillari 3-sektordagi "Birlik" va "Yangi Arg‘in" mahallalarining ishsiz yoshlari bilan uchrashib, muammo va murojaatlarini o‘rgandi.

Mutasaddilar yigit-qizlarning ishga joylashish, kasbga o‘qitish, yer ajratish, tadbirkorlik va chorvachilik bilan shug‘ullanish uchun kredit olish kabi murojaatlarini atroflicha o‘rganib, ayrimlarini shu yerning o‘zida hal etishga muvaffaq bo‘lindi.

Xususan, 2 nafar yosh tadbirkorlik yo‘nalishida dastlabki bilimga ega bo‘lish uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotiga taklif etildi, 1 nafar yoshga kasbga o‘qish va 1 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan Qudrat Qosimov va Olim Jalilovga 0,25 sotixdan yer ajratishga qaror qilindi.



  • 217