So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Mavsumiy agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Mavsumiy agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmoqda
16.01.2021
Bugungi kunda fermerlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozorlarimizni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish maqsadida qishki agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.

Piskent tumanida 2021 yil hosili uchun 8 ming 655 gektar maydonga bug‘doy sepilgan. Ayni vaqtda g‘alla hosildorligini oshirish maqsadida agrotexnik qoidalarga muvofiq ekin maydonlariga mahalliy o‘g‘it olib chiqish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Piskent tuman hokimi o‘rinbosari Murod Abdurahmonov maydonlarda bo‘lib, olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni nazorat qildi: - Tuproqqa yarim chirigan 20–30 tonna go‘ng solinganda, har kuni ajralib chiqadigan uglerod miqdori go‘ng solinmagan dalaga nisbatan gektariga 100–150 kg ko‘payadi. Bu esa ekinlardan mo‘l hosil olishda muhim omil hisoblanadi,-deydi M.Abdurahmonov.

Hozirgacha g‘allazorlarda 1132 ta handaq qazilib, 26 ming 400 tonna mahalliy o‘g‘it chiqarildi.


Manba: Piskent tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 181