So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Issiqxonadan yiliga 5 martagacha hosil olayotgan tadbirkor

Issiqxonadan yiliga 5 martagacha hosil olayotgan tadbirkor
18.01.2021
O‘rta Chirchiq tumani "Rovatak" mahallasida istiqomat qiluvchi 22 yoshli Jamshid Ergashev bundan to‘rt yil avval 5 sotixli yerda issiqxona tashkil etib, yaxshigina daromad topishni yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda u issiqxonadan yiliga 4-5 marotaba hosil yig‘ishtirib olishga erishmoqda. Issiqxonada o‘tgan yili ko‘katlar, turp, karam, lavlagi, sarimsoq piyoz yetishtirdi.

– Mahsulotlarim vitaminlarga boy bo‘lganligi sababli ularning bozori pandemiya davrida chaqqon bo‘lib, har bir hosildan o‘rtacha 6 milliondan sof daromad oldim, – deydi J.Ergashev.

Jamshidning yildan-yilga tajribasi oshib, 2 yildan buyon tomchilab sug‘orish usulini joriy qildi. Jamshid tadbirkorlikda faqatgina issiqxona bilan cheklanib qolmasdan, uyida 2000 dona bedana ham boqadi. Har oyda bedana tuxumlaridan ham 5 million so‘m sof foyda olmoqda.


Manba: O'rta Chirchiq tuman hokimligi Axborot xizmati

  • 174