So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Irrigasiya sohasida katta hajmdagi ishlar bajariladi

Irrigasiya sohasida katta hajmdagi ishlar bajariladi
01.02.2021
Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, viloyatda 2021 yilda amalga oshiriladigan qurilish ob’yektlari qamrovi o‘tgan yilga nisbatan birmuncha ortganini ko‘ramiz.

Hujjatga ko‘ra, hududlardagi ko‘plab kanallar qaziladi, rekonstruksiya qilinadi, sel va toshqinlardan himoya qilish tadbirlari amalga oshiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi. Shu bilan birga, o‘tgan yillarda boshlangan yumushlar davom ettiriladi.

Xususan, Ohangaron tumanidagi “Hamdam” kanali, “Ohangaron”, “Alisher Navoiy”, “Gʻallaquduq”, “Do‘stlik”, “Shodmalik” hududlaridagi lotokli sug‘orish tarmoqlari, Bekobod tumanidagi “Parcha yuz” kanali, Yangiyo‘l tumanidagi “Jun” kanali, Yangiyo‘l shahridagi “Qoraqulduq” kanalining bir qismi rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, boshqa ishlar ham bajariladi.

Buning uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 30 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratiladi.



  • 237