So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Eksport hajmi oshmoqda

Eksport hajmi oshmoqda
03.03.2021

“Olmaliq KMK” AJ tomonidan yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilib, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga, mahalliy xom-ashyolardan unumli foydalanib, nafaqat ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, balki jarayonda qo‘llaniladigan kimyoviy birikma va reagentlarni, ehtiyot qismlarni ham o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratilmoqda.

Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati sa’yi-harakati bilan kombinatda 40 dan ortiq tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, 14 ta kimyoviy element sof va birikma holida tayyorlanmoqda. Shundan 10 tasi asl bo‘lib, qolgan 4 tasi birikma holidadir.

2020 yilda kombinat tomonidan 821 million 364 ming AQSH dollarilik mahsulot eksport qilingan. Bunda asosiy ulush misga to‘g‘ri keladi. 93 ming 580 tonna mis eksport qilingan. 544 million 494 million AQSH dollari qiymatga ega eksport qilinadigan mahsulotlar ichida 2 o‘rnida ruh metalli bo‘lib, 1 million dollarlik ruh metalli eksport qilingan. Keyingi o‘rinda mis quvurlari va sement turadi.

Kombinatda 15 dan ortiq olim faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular hozirgi kunda nodir, kamyob metalllarni ajratib olish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Matbuot anjumani so‘nggida mutaxassislar jurnalistlarning kombinat faoliyatiga oid savollariga javob qaytardi.



Manba: Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati

  • 259