So'rovnoma
Hokimiyat yangiliklari
Besh nafar yoshga kasb-hunarga o‘qishga yo‘llanma berildi

Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov sektor rahbarlari hamrohligida "O‘tkir" va "Mustaqillik" mahallalaridagi yoshlarning taklif va muammolarini o‘rgandi.
Xususan, bir nafar yoshga tikuvchilik mashinasi olishi uchun 5 ish kunida kredit ajratish bo‘yicha Xalq banki tuman filiali mutasaddilariga topshiriq berildi.
Shuningdek, yoshlarning xohish-istaklariga qarab ularning 2 nafariga oliy ta’limga tayyorgarlik ko‘rishi uchun qo‘shimcha (repetitor) darslar tashkil etish belgilandi, 5 nafarini kasb-hunarga o‘qitish uchun stipendiya to‘lanadigan yo‘llanma ajratildi.
Bundan tashqari, yigit-qizlarning kredit ajratish, bandlik kabi boshqa murojaatlari yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar topshirildi.
Manba: Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
-
-
186