So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Bekobodlik oilaviy tadbirkorlar tomonidan qo‘ziqorin va qisqichbaqa yetishtirilyapti

Bekobodlik oilaviy tadbirkorlar tomonidan qo‘ziqorin va qisqichbaqa yetishtirilyapti
02.03.2021

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda uyma-uy yurish orqali aholi muammolarini aniqlash va hamkorlikda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Bekobod tumani 4-sektor hududidagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2 ming 230 ta xonadonda yashovchi 12 ming 551 nafar fuqaroning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, ularning ijtimoiy muhofazasi, uy-joy va kommunal sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar samarali tashkil etilmoqda. Olib borilayotgan o‘rganishlar davomida aniqlangan saksondan ortiq muammo bartaraf etilgan.

Zafar shaharchasi Gulzor mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan Xadicha O‘rinovaga 4-sektor yordami bilan 30 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Ayni paytda Xadicha opa mazkur mablag‘ hisobidan mahalliy sharoitda qo‘ziqorin yetishtirib, ichki bozorga yetkazib bermoqda. O‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygani bois, endilikda u “Temir daftar”dan chiqarildi.

Shuningdek, shu mahallada yashovchi “Temir daftar”ga kiritilgan yana bir fuqaro Dilmurod Yusupovga ham sektor rahbari tomonidan tijorat banklaridan kredit olishga ko‘maklashildi. Hozir D.Yusupov qisqichbaqa (krevetka) yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Go‘shti mazali va xorijda xaridorgir bo‘lgan ushbu mahsulotni chet davlatlarga eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, muntazam o‘tkazilayotgan sayyor qabullar orqali aholidan tushgan murojaatlar samarasi o‘laroq, tuman hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. Kuni kecha “Bekobod Obod maskan” kar’eridan 12 ta yuk mashinasiga qum shag‘al ortilib, Saryuz mahallasi ichki ko‘chalari ta’mirlandi.

Joylarda aholi bilan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda.



Manba: Toshkent viloyati hokimligining axborot xizmati

  • 262