So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Bahorgi ko‘chat ekish yumushlari davom etmoqda

Bahorgi ko‘chat ekish yumushlari davom etmoqda
01.03.2021
Yangiyo‘l shahar hokimi F.Mirzayev boshchiligida barcha mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilyapti. Yangiyo‘l shahridan o‘tgan M-34 avtomobil yo‘li va temir yo‘l bo‘ylariga archa, terak ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shuningdek, bir qator mahalla va ko‘p qavatli uylar atrofidagi daraxtlar shoxlari tartibga keltirilib, yangi archa va terak ko‘chatlari ekildi.

Bir qator mahallalarning ichki ko‘chalariga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi. Bolalar maydonchalari ta’mirlandi.

Ta’kidlash joizki, obodonlashtirish ishlari ko‘lami bahor kelishi bilan kengaytirilmoqda. Amaliy ishlarda obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari, maxalla faollari va jamoatchilik vakillari faol qatnashmoqda.


Manba: Yangiyo‘l shahar hokimligi Axborot xizmati

  • 277