So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Hokimiyat yangiliklari

Tibbiyot sohasida hamkorlik

Koreya Respublikasining Inha universiteti gospitali shifokorlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. 
27.09.2016

ICT WEEK O‘zbekiston 2016 haftaligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sentabr oyining eng yorqin tadbirlaridan bo‘lgan ICT WEEK O‘zbekiston 2016 haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Joriy yilning 23 sentabr kuni uning yopilish marosimi poytaxtimizdagi Toshkent Lotte mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda o‘tkazilgan haftalik sarhisobiga ko‘ra kompaniyalar bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. 
26.09.2016

OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING MAJLISI

Toshkent viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
26.09.2016

Shavkat Mirziyoyev Angrenga tashrifini amalga oshirdi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 sentabr kuni Angren shahriga tashrif buyurdi.


21.09.2016

Axborot xavfsizligi bo‘yicha Toshkent viloyati yoshlariga o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi

Joriy yilning 19 sentabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti девони huzuridagi statistika va mintaqalararo instituti, Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi, axborot xavfsizligi markazi,Toshkent viloyati Xokimligi bilan hamkorlikda Axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
21.09.2016

Bekobod shahridagi foydalanilmay turgan 11 inshoot tadbirkorlarga «nol» qiymatda berildi

Toshkent viloyatida qurilishi tugallanmagan va bo‘sh turgan inshootlardan samarali foydalanish, ular tarkibida ishlab chiqarishni tashkil etish orqali kichik biznesni rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
17.09.2016

Jurnalistlar intensiv bog‘larni tomchilatib sug‘orishning afzalliklari bilan tanishdi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda suv tejamkorligining ahamiyati” mavzuida media-tur bo‘lib o‘tdi.
16.09.2016

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xavfsizligini ta’minlashni muvofiqlashtirish

“O‘zarxiv” agentligining Toshkent viloyati arxiv ishlari hududiy boshqarmasida axborot xavfsizligini ta’minlash borasida “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xavfsizligini ta’minlashni muvofiqlashtirish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
15.09.2016

Toshkent viloyatida 527 transformator punkti kapital ta’mirdan chiqarildi

“Toshkent elektr tarmoqlari hududiy korxonasi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 10-iyundagi respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2016-2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida 1 ming 517 kilometrdan ortiq havo tarmog‘i, 527 transformator punktini mukammal ta’mirdan chiqardi.
09.09.2016

VILOYAT BO‘YLAB MAMLAKATIMIZNING BIRINCHI PREZIDENTI XOTIRASIGA EHSON TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI

Viloyatimizning so‘lim go‘shasi — “Do‘rmon bog‘i”da yozilgan ana shunday marosimda elu yurt — viloyat faollari, davlat va tashkilot xizmatchilari, oqsoqollar, yoshlar jamuljam bo‘ldilar.
05.09.2016