So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Litsenziyalash

Toshkent viloyati hududida avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar va shahar atrofida tashish bo‘yicha litsenziya berish

Litsenziyalash

a)yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
v) yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
g) yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
ye) yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
j) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
z) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
i) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
y) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
k) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish;

Litsenziya beruvchi organ:
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi

Litsenziya nomi:
Avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni shahar ichi, shahar atrofi va shaharlararo yo‘nalishlarda tashish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya).

Litsenziya amal qilish muddati:
cheklanmagan

Professional faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilovchi huquqiy-me’yoriy xujjat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 dekabrdagi, 994-son qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Nizom

Litsenziya talab etiluvchi faoliyat yoki harakat:
a)yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
b) yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
v) yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
g) yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
d) yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
ye) yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
j) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslarda tashish;
z) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobuslarda tashish;
i) yo‘lovchilarni shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobillarda tashish;
y) yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish;
k) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yo‘nalishlar bo‘yicha tashish

Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar:
a) yuridik shaxs uchun yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
b) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
v) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1. Litsenziyalovchi organ manfaatdor vazirliklar va idoralardan idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan avtotransport vositalarining ro‘yxatidagi mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasining texnik pasporti yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi.
2. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar yuridik shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berish uchun davlat boji:
Izoh. Davlat boji litsenziya/litsenziya kartochkasi olish uchun to‘langan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida hisoblanadi.
Izoh: Yuklarni avtomobil transportida xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun litsenziyalash faqatgina Markaziy apparat tomonidan amalga oshiriladi.

Kerakli litsenziyani berish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadigan bo‘lim nomi:
Agentlikning Toshkent viloyati boshqarmasi litsenziyalash bo‘limi.

Manzil va bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
111503, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani, Bektemir MFY, Yashil vodiy ko‘chasi
tel. (0371) 202-05-00 (213)

Rasmiy elektron pochta: info@mintrans.uz

Rasmiy elektron sayt: www.mintrans.uz

Amaldagi rasmiy sayt: www.uzavtotrans.uz


  • 1205