So'rovnoma
Litsenziyalash
Ulgurji savdo bo‘yicha litsenziya berish
Litsenziya beruvchi organ:
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
Litsenziya nomi:
Ulgurji savdo
Litsenziya amal qilish muddati:
Cheklanmagan muddatga beriladi
Professional faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilovchi huquqiy-me’yoriy hujjat:
Litsenziya talab etiluvchi faoliyat yoki harakat:
Hududiy joylashuvidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, shu jumladan belgilangan tartibda chakana savdo faoliyatini amalga oshirayotgan va nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlangan turg‘un savdo tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga, maxsus iste’molchilarga, davlat ta’minotidagi muassasalarga, ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarni ulgurji sotish
Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar:
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) eng kam oylik ish haqining kamida 3500 baravari miqdorida ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjatning, shu jumladan eng kam oylik ish haqining kamida 1200 baravari miqdorida pul mablag‘lari kiritilganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi;
g) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
d) litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya berish uchun davlat boji:
Eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida davlat boji undiriladi
Kerakli litsenziyani berish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadigan bo‘lim nomi:
Toshkent viloyati adliya boshqarmasining Yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatini yuritish bo‘limi
Manzil va bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon, faks, manzil, elektron manzil):
Toshkent sh., U.Nosir ko‘ch, 93-d.
e-mail: tosh_vil@minjust.gov.uz
-
-
2058