So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Litsenziyalash

Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash

Litsenziya beruvchi organ:
Toshkent viloyat hokimligi

Litsenziya nomi:
Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish

Litsenziya amal qilish muddati:
5 yil

Professional faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilovchi huquqiy-me’yoriy xujjat:

Litsenziya talab etiluvchi faoliyat yoki harakat:
Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, pech yoqilg‘isi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallari sotish bo‘yicha faoliyati.

Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar:
Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori «O‘zdavneftgazinspeksiya» hududiy bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning (yoxud uning bir qismining) litsenziyalanadigan turi ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizaning litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq keluvchi binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarga egalik huquqining yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
d) «O‘zdavneftgazinspeksiya» hududiy bo‘limining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlarining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish va sotish uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlanganligi holati, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning maxsus ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi xulosasi;
ye) O‘zbekiston Respublikasi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi bo‘linmasining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi;
j) yong‘in nazorati hududiy organlarining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining yong‘indan saqlash talablariga muvofiqlik to‘g‘risidagi xulosasi;
z) «O‘zstandart» agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tomonidan beriladigan metrologik ta’minot to‘g‘risidagi xulosa;
i) O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘linmasining avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi va moy almashtirish punktining tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.

Litsenziya berish uchun davlat boji:
Eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi

Kerakli litsenziyani berish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadigan bo‘lim nomi:
Toshkent viloyat hokimligining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash hududiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.


  • 1972