So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Investitsiya faoliyati

Toshkent viloyatini 2016-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturiga asosan 2016 yilning yanvar-mart oylarida o'zlashtirilayotgan investitsiyalar to'g'risida ma'lumotlar

10.05.2016
I. Amalga oshirilgan ishlar:

Toshkent viloyatida joriy yilning yanvar-mart oylarida jami sohalar bo'yicha qiymati 62,5 mlrd.so'mlik hamda 1,5 mln.dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirilishi natijasida 259 ta loyihalar amalga oshirilishi va 1 621 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.

Ushbu dasturga asosan viloyatda 1-chorak davomida 33,8 mlrd.so'mlik va 192,0 mln.dollarlikinvestitsiyalar o'zlashtirilishi evaziga 265 ta loyihalar amalga oshirildi va 1 681 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Shu jumladan,

Sanoat sohasida jami qiymati 32,9 mlrd.so'mlik hamda 1,5 mln.dollarilik investitsiyalarni o'zlashtirilishi natijasida 19 ta loyihalar amalga oshirilishi va 278 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo'lib,yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan loyihalar hisobidan jami qiymati 10,6 mlrd.so'mlik va 192,0 ming.dollarlik investitsiyalar o'zlashtirilishi evaziga 24 ta loyihalar amalga oshirildi va 301 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 

Qishloq xo'jaligi sohasida jami qiymati 21,4 mlrd.so'mlik investitsiyalarni o'zlashtirilishi natijasida 172 taloyihalar amalga oshirilishi va 1 098 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar jami qiymati 14,2 mlrd.so'mlik investitsiyalar o'zlashtirilishi evaziga 172 ta loyihalar amalga oshirildi va 1 098 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. 

Xizmat ko'rsatish sohasida jami qiymati 8,1 mlrd.so'mlik investitsiyalarni o'zlashtirilishi natijasida 68 taloyihalar amalga oshirilishi va 245 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar jami qiymati 8,9 mlrd.so'mlik investitsiyalar o'zlashtirilishi evaziga 69 ta loyihalar amalga oshirildi va282 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.


  • 1224