So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Investitsiya faoliyati

“2015 yildaToshkent viloyati xududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturi” bo'yicha ma'lumot

12.01.2016

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to'g'risida”giPQ-2264 sonli qarorining 5 - bandiga asosan “2015 yilda Toshkent viloyati hududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturi” ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga 53 ta loyihakiritilgan bo'lib, 2015 yilning yanvarь-dekabrь oylari bo'yicha jami 127,3 mln.dollarlik investitsiyalar jalb etilishi belgilangan.

2015 yilning yanvarь-dekabrь oylarida amalda 53 ta loyiha bo'yicha 127,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o'zlashtirildi hamda belgilangan prognoz ko'rsatkichi 100,5 foizga bajarildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarjami 97,1 mln. dollarni tashkil etib, prognoz ko'rsatkichi 100,3 foizga bajarildi.

Dastur doirasida viloyatning barcha tumanlariga investtsiyalar jalb qilindi. Jumladan:

  • Bo'ka tumanida: salqinlantiruvchi ichimliklar ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha "Original Shaffof Suv"MChJga jami 130 ming dol. investitsiya jalb qilindi, shundan 45 ming doll. to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyani tashkil etadi.
  • Bekobod tumani:"Ravnaq-Silk"QK(tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish, 277 ming doll.) va“AERODOM BUILDING”QK(xizmat ko'rsatish, 57 ming doll.) loyihalari bo'yicha 334 ming doll. investitsiyalar jalb qilindi.
  • Angren shaxrida:“SUNGREEN TEX"QK (tekstil mahsulotalri ishlab chiqarish, 533 ming doll.), "Armaturno-Izolyatorniy Zavod"QK(elektroizolyatsion materiallar i/ch, 5 600 ming doll), “EGL-NUR”QK(svetodiodli lampalar i/ch, 575 ming doll.), "NATIONAL CERAMICS"QK(keramik plitkalar i/ch) loyihalari bo'yicha investitsiyalar jalb qilindi.
  • O'rtachirchiq tumani:"Hong Hua Heng"QK (tekstil mahsulotalri ishlab chiqarish, 170 ming doll.), "GREEN ENERGY"XK (nometall chiqindilarni qayta ishlash, 390,2 ming doll.) kabi loyihalarga xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
  • Yuqorichirchiq tumani:"CERAMIC POWER" QKda qurilish sanoati uchun keramik mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi va 2 520 ming.doll to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya jalb qilindi.

Dastur doirasida o'zlashtirilgan investitsiyalarning 97,1mln. dollari yoki 75,9 %to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, 27,6 mln. dollariyoki 21,6 %loyihatashabbuskorlariningo'zmablag'lari,
3,2 mln. dollari yoki 2,5% bank kreditlari hisobiga to'g'ri keldi. Dastur doirasida 734tayangi ish o'rinlari yaratildi.

2015 yil jalb qilingan investitsiyalar soxalar kesimida quyidagicha yo'naltirildi:

  • Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish - 14ta
  • Tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish - 14 ta
  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish -12 ta
  • Xizmat ko'rsatish bo'yicha – 5 ta
  • Elektro-texnika mahsulotlari ishlab chiqarish – 4 ta
  • Boshqa yo'nalishlar – 4 ta

Viloyatda 2015 yilda 44 taxorijiy investitsiya ishtirokidagi yangi korxonalar tashkil qilindi.


  • 1280