So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Investitsiya faoliyati

2014 yilda Toshkent viloyatiga хorijiy investitsiyali jalb qilish dasturi bo'yicha ma`lumot

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida 2014 yilning yanvar-oktyabr oylarida 34 ta xorijiy investitsiyali korxona ro'yxatga olinib, viloyatdagi jami xorijiy investitsiyali korxonalar soni 530 taga etdi. Ro'yxatdan o'tgan xorijiy investitsiyali korxonalar asosan Rossiya (73), Turkiya (65),Buyuk Britaniya (67), Janubiy Koreya (57), Xitoy (73), Germaniya (21) kabi davlatlar korxonalari ishtirokida tashkil etilgan.

Hisobot davrida ro'yxatdan o'tgan korxonalar Qibray (3), Yuqorichirchiq (6), Zangiota (5), Bo'ka (2), Ohangaron (3), O'rtachirchiq (2), Bo'stonliq (1), Yangiyo'l (4) tumanlari hamda Angren (5), Chirchiq (1), Olmaliq (2) shaharlarida joylashgan.

Yangi ro'yxatdan o'tgan korxonalar asosan xizmat ko'rsatish (10), qurilish materiallari ishlab chiqarish (7), oziq-ovqat (4), engil sanoat (3), kimyo va neft kimyo sanoatida (2) va boshqa sohalarda (8) tashkil qilindi.

Xususan, Angren shahrida "National Ceramics" MChJ QKda keramik plitalar ishlab chiqarish, Oxangaron tumanida "Bohua Ceramics" MChJ QKda keramik plitalar ishlab chiqarish, Zangiota tumanida "Vision Textile" MCНJ QKda tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, Qibray tumanida"Arena Fashion" MChJ XKda trikotaj maxsulotlar ishlab chiqarish kabi korxonalar tashkil qilindi. (2014 yil 1 noyabr holatiga)



  • 1310