So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Investitsiya faoliyati

2013 yilda Toshkent viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish dasturi bo'yicha

Toshkent viloyatining 2013 yilda to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hududiy dasturi doirasida joriy yilning 11 oyligi davomida 65 ta loyiha bo'yicha 87,3 mln. dollar miqdorida investitsiyalar o'zlashtirilib, 1825 ta yangi ish o'rni yaratildi va belgilangan prognoz ko'rsatkichi(79,1 mln.dollar) 110,2 foizga bajarildi.

O'zlashtirilgan investitsiyalarning 64,3 mln. dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, 4,0 mln. dollarixorijiy kreditlar, 16,1 mln. dollari loyiha tashabbuskorlarining o'z mablag'lari hamda 2,7 mln. dollarimahalliy kreditlar hisobiga to'g'ri keladi.

Hisobot davrida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasiga 33,1 mln. dollar (jami jalb qilingan investitsiyalarning – 29,2 foizi), engil sanoatga 25,6 mln. dollar (29,3%), kimyo va neft-kimyo sanoatiga6,4 mln. dollar (7,3%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga 6,3 mln. dollar (7,2 %), hamda boshqa sohalarga 15,9 mln.dollar (18,2%) miqdorida investitsiyalar jalb qilindi.

Hisobot davrida dastur doirasida 18 ta loyiha amalga oshirilib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Xususan, Chirchiq shahrida yiliga 1,4 mln dona tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega “Prima Textile” MChJ XK (120 ta yangi ish o'rni), Bo'stonliq tumanida yiliga 3,3 mln dona paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega "Arslan Magic Socks" MChJ XK (70 ta yangi ish o'rni), O'rtachirchiq tumanida yiliga 600 ming birlik plintus ishlab chiqarish quvvatiga ega “Baraka Dekor” MChJQK (5 ta yangi ish o'rni) korxonalari shular jumlasidandir.


  • 1293