So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
    94 15.2%
    46 7.4%
    213 34.5%
    110 17.8%
    155 25.1%
Hokimiyat

Hokimiyat haqida

Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimligi (G'afur G'ulom qo'chasi, 1-uy) – mahalliy davlat boshqaruv organi.

Bekobod shahar hokimligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi qonunga muvofiq faoliyat yuritadi.

Mazkur huquqiy hujjatlarga binoan shahar hokimligi davlat, xo'jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga rahbarlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejalarini va mahalliy byudjetni tasdiqlaydi, o'ziga bo'ysungan korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarga rioya etilishini, davlat va jamoat tartibini, fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilinishini ta'minlaydi.

Hokimlik boshqarma, bo'lim va turli bo'linmalardan iborat bo'lib, ularning tarkibi, tashkiliy tuzilmasi va faoliyati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.

Bekobod shahar ijroiya hokimiyati tuzilmasi va hodimlari soni Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan byudjet chegarasida Hokim tomonidan o'rnatiladi va o'zgartiriladi.

Bekobod shahar hokimi shaharning oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi va bir vaqtda shaxar hududida vakillik va ijroiya hokimiyatni boshqaradi.

Hokim O'zbekiston Prezidenti va Xalq deputatlari viloyat Kengashiga bo'ysunadi. Hokim O'zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Hokimning vakolat muddati – 5 yil.


  • 477