So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Viloyat o'rmon xo'jaligi

Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i

Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i 1990 yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 oktyabrdagi 378-55-son qarori bilan Milliy bog' viloyat boshqarmasiga tenglashtirilib uning tizimiga Chatqol Davlat Biosfera qo'riqxonasi, Burchmullo va Ohangaron o'rmon xo'jaliklari kiritilgan bo'lib xo'jaliklar 1947 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 262-sonli qaroriga asosan Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i va Chatqol Davlat Biosfera qo'riqxonasining nizom va Ohangaron va Burchmullo o'rmon xo'jaligi korxonalarining ustavlari tasdiqlandi.
Ugom-Chatqol Milliy Tabiat bog'ining maydoni 574600 gektarni tashkil etadi. Toshqent viloyatining- Bo'stonliq (455,8 ming ga), Parkent (42,1 ming ga) va Ohangaron (76.6 ming ga) tumanlarida joylashgan. Asosan tog', o'rmon, yaylov, suv akvotoriyalari, sug'oriladigan va lalmi erlardan iborat. U G'arbiy Tyanь-Shanь tog'li hududlarida dengiz satxidan 800-4000 metrdan ortiq balandliklarni o'z ichiga oladi. Marqaziy Osiyoda eng yiriq milliy bog'lardan hisoblanadi.
Milliy bog'ning ayrim tabiiy yodgorliklari va landshaftlari yaqin va uzoqdan tashrif buyuradigan sayyohlarni o'ziga jalb etadi, bunga tog' tabiat manzaralari, tog' ko'llari. sharsharalar, chiroyli gullaydigan o'simliklar, hayvonot dunyosi, suv omborlari, petrogliflar, tarixiy obidalar, archazorlar, qayinzorlar shular jumlasidandir.
Ugom-Chatqol DMTBning asosiy vazifalari rekreatsiyang ma'rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy komplekslar va tarixiy va madaniy meroslarni saqlanishini ta'minlovchi rejimni saqlash, buzilgan tabiiy komplekslarni tiklash, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko'maklashish, tabiiy komplekslarni, jonsiz tabiat yodgorliklari, suv ob'ektlarini, landshaftlar, o'simlik va hayvonot dunyosining etalon va nodir uchastkalarini saqlashdan iborat.
Milliy bog' hududida 1800 ga yaqin o'simlik dunyosi o'sib, undan 74 xili O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan, shu jumladan, 8 xil lola turlari, O'rta Osiyo noki. Pskom piyozi, Abolin astragali, Eremuruslar, Boshqizilsoy gerani, Minkvid teziumi, Yovvoyi sallagul va boshqalar.
Hayvonot dunyosi bo'yicha 230 ga yaqin turlari yashaydi, shundan 38 turi O'zbekiston va Xalqaro «Qizil kitob»lariga kiritilgan, shu jumladan: qor qoploni, oq tirnoqli Tyanь-Shanь qo'ng'ir ayig'i, Menzbira sururi, Turkiston silovsini, kichik taqaburun, lochinlar, kumay, Chatqol shaytonbalig'i, Turkiston laqqasi, kulja arvox kapalagi va boshqalar.

1.jpg 2.jpg 3.jpg

4.jpg 5.jpg 6.jpg


  • 2374