So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
    104 14%
    52 7%
    249 35%
    130 18%
    185 26%
Viloyat o'rmon xo'jaligi

Oxangaron o'rmon xo'jaligi

1937 yil Toshkent o'rmon xo'jaligining bo'limi sifatida Oxangaron o'rmon bo'limi tashkil topgan. 1947 yilga kelib, Toshkent o'rmon xo'jaligiga qarashli Piskent xamda Oxangaron bo'limlari birlashtirilib, aloxida Oxangaron o'rmon xo'jaligi tashkil topdi.

Oxangaron o'rmon xo'jaligida dastlab 4ta bo'lim bo'lib Jumladan:

1) Go'shsoy bo'limi

2) Kenjagali bo'limi

3) Olmaliq bo'limi

4) Qorabog bo'limi

Umumiy er maydoni 141200 gektarni tashkil etgan.

2001 yilga qadar Oxangaron o'rmon xo'jaligi O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligining o'rmon bo'limi bosh boshqarmasining tasarufida 2001 yildan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 22 iyuldagi №262-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyat xokimiligi Ugom-Chotqol DMTB boshqarmasi tashkil topdi.

Dastlab xo'jalikda 24 ta o'rmon qorovullari ish faoliyatni olib borgan bo'lsa, xozirgi kunda o'rmonlarni qo'riqlash va ularni qayta tiklash, atrof-muxitni, xayvonot,o'simlik olamini saqlash qo'riqlash maqsadida 11 ta katta nozir va 99 ta nozirlar xizmat qilib kelmoqda.

Xo'jalik xar yili tasdiqlangan yillik rejaga asosan 200 gektar maydonda o'rmon ekish ishlari xamda 300 gektar maydonda o'rmonlarni tabiiy o'sishga ko'maklashish ishlari olib boriladi.

Xo'jalikning umumiy er maydoni 2014 yil 1 yanvar xolatiga 186473,6 gektar bo'lib, o'rmon bilan qoplangan maydon 45052,4 gektar, shu jumladan madaniy o'rmon 1830 gektar, yosh o'rmonlarimiz esa 1815 gektarni tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 18 yanvardagi «2011-2012» yillarda Toshkent viloyati Oxangaron tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va axoli turmush darajasini oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to'grisida»gi 17-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oxangaron tuman xokimining qarorlariga asosan Suv ombori yoqasi Navgarzan bo'limiga chegaradosh qismidan 572,4ga, O'rgozsoy, Objasoy,Kandirsoy bo'limiga chegaradosh bo'lgan davlat zaxirasi erlaridan 2667,1ga , Toshkent – O'sh avtomagistrali yoqasi davlat zaxirasi erlaridan 100 gektar xammasi bo'lib 3339,5gektar er maydoni xo'jalikka biriktirib berilgan.

Kurama qishloq fuqarolar yigini Serkakirildi va Tanga topdi axolii punktlari xududida joylashgan tuman davlat zaxirasi ixtiyoridagi, Toshkent-O'sh avtomagistrali mintaqasida joylashgan, yaylov erlarda ko'chki xavfi oldini olish va mintaqadagi ekologik muxitni yaxshilash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish maqsadida biriktirib berilgan 100 gektar er maydondan xo'jalik 2011-2012-2013 yil ko'chat ekish mavsumi davomida xammasi bo'lib 100 gektar maydonda bodomzor, mojjevelnik,grek yong'og'i, qrim qarag'ayi ko'chatlari ekildi.

1.png 2.png

Ohangaron o'rmon ho'jaligi tomonidan ekilayotgan o'rmon ekinlari

-tuproq ko'chishi erroziyasidan saqlash;

-yuqori qatlamlarni emirilishini oldini olish;

-ekologik muhitni yaxshilash;

-namlikni saqlab suv ko'payishiga olib keladi.

Mavjud adabiyotlarda 1,0 gektar igna bargli daraxtlar yiliga 1,8-2,0 mln so'mlik iqtisodiy samara beradi.

Xo'jalik xar yili xududlarda rejada asosida ish olib borib, yovvoyi xayvonlarni oziqlantirish va taxminiy xisobini olib boradi. Jumladan Ohangaon o'rmon xo'jaligi xududlarida bo'ri, ayiq, tulqi, yovvoyi to'ng'iz, borsuq, jayra, quyon, qushlardan kaklik, fazan, burgut, ko'k kabutarlar mavjud.

Bizning xo'jalik faqatgina o'rmon ekish ishlari bilan bir qatorda ko'chat etishtirish ishlarini xam olib boriladi. Xo'jaligimizda 21 gektar maydonda ko'chatxonamiz mavujd bo'lib, u erda 4 turdagi ignabargli, 22 turdagi bargli manzarali va mevali ko'chatlar etishtiriladi xamda o'rmonlar barpo qilish uchun xamda obodonlashtirish ishlarini olib borishlari uchun ko'chat yetkazib beradi. Ko'chatlarni yetishtirish uchun avvvalo pishib yetilgan saralangan mevalar terib olinib, undan urug'lar ajratib olinadi. Jumladan Zarafshon archasi mevasi yanvar, fevral oylarida pishib yetilgan bo'lib, aynan shu oylarda tog'li xududlardan terib olinadi xamda avgust oylarida mevasidan urug'i ajratib olinadi.

3.png 4.png

Ko'chat etishtirishda agrotexnika qoidalariga rioya kilgan holda, uning sifati, navi turlarini ko'paytirish xamda etishtirishga katta e'tibor beriladi. Xozirgi kunda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda ignabargli ko'chatlarimizga talab katta. Tog'larga ekiladigan ko'chatlar hamda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida boshqa tashkilotlarga ham ko'chat etishtirib beradi. Xar yil ko'chatxonamizdan 150 mingdan ortiq turli xildagi ko'chatlar kovlab olinib o'rmon ekish uchun hamda boshqa tashkilotlarga obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun beriladi. O'rmon ekish bilan birgalikda tasdiqlangan rejaga asosan o'rmonlarni xar xil zararkunandalardan saqlash va himoya qilish ishlari olib borilib, kimyoviy preparatlardan foydalanildi. O'rmonchilik ishlari bilan bir qatorda o'rmonlarni yong'inlardan saqlash hamda uning oldini olishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Shu chora tadbirlar asosida o'quv mashg'ulotlar, axoli o'rtasida yong'inga qarshi qurash choralari hamda tabiatni muhofaza qilishga doir tushuntirish ishlari olib boriladi.



  • 2582