So'rovnoma
  1. Siz uchun axborot oshkorligi uchun qanday ma’lumotlar bazasi zarur?
Savollar va javoblar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli qaroriga asosan aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi quyidagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida to‘lov terminali majburiy o‘rnatilishi lozim*:
• aviatsiya va temir yo‘llar pattalarini sotish kassalari;
• avtovokzal va avtostansiyalar kassalari;
• avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari;
• mehmonxonalar;
• kredit tashkilotlari (mikrokredit tashkilotlari, lombardlar), sug‘urta tashkilotlari va moliya bozorining boshqa sub’ektlari;
• turg‘un savdo shoxobchalari, shu jumladan, dorixonalar (egallab turgan maydoni o‘lchamidan qat’iy nazar);
• umumiy ovqatlanish ob’ektlari;
• uy-joy-kommunal, shuningdek telefon aloqa xizmatlari, shu jumladan, uyali aloqa telefonlari xizmatlari uchun aholidan to‘lovlarni qabul qilish shoxobchalari;
• avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;
• aloqa bo‘limlari;
• maishiy xizmat ko‘rsatish hamda madaniy-ommaviy va tomosha tadbirlari o‘tkaziladigan ob’ektlar;
• aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar.
*Nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamagan tarzda, qonunchilikka muvofiq aholi bilan pullik hisob-kitoblarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan ob’ektlarni istisno qilgan holda.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 790-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘tkazish tartibi "O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida"gi Nizomga (ro‘yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) muvofiq tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 780-moddasida mijoz bankning hisob varaqda turgan pul mablag‘lari bilan operatsiya qilish bo‘yicha xizmatlariga bank hisob varag‘i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to‘lashi belgilab qo‘yilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida"gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)ning 7-bandi 3-xatboshisiga muvofiq bank hisob varag‘i shartnomasida bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar belgilab olinadi. "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida" Qonunining 28-moddasiga asosan bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
1991-yilgacha qurilgan barcha uylar, ular shirkatlarda bo‘lish yoki bo‘lmasligi dan qat’iy nazar kapital ta’mirlash davlat dasturiga kiritiladi. Hech bir hujjatda faqat UJMSH tarkibdagi uylar dasturga kiritilganligi aytilmagan.
Siz avvalom bor eski suv quvurlarini almashtirishingiz haqida shirkat bilan kelishib olishingiz, keyin ta’mirlash ishlar oxirida qilingan ishlarni hujjatlashtirish ularga taqdim etishingiz lozim edi. Shuningdek hujjatga quvurlarni sotib olganligingiz va bajarilgan ishlar uchun to‘lagan pulingizni tasdiqlovchi chekni ilova qilinadi. "Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida"gi Qonunning 30–moddasida ayrim hollarda shirkat a’zolarining umumiy yig‘ilishi joy mulkdori tomonidan majburiy badallarning bir qismini to‘lashning pul shaklini uning umumiy xarajatlardagi ishtirokining boshqa turlariga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Sahifalar: Orqaga 1 2 Barchasi