So'rovnoma
Xalqaro hamkorlik aloqalari, tadbirlar, seminar treninglar
Yangiyo‘l tumanida Janubiy Koreya universiteti filiali ochiladi

Yangiyo‘l tumaniga Janubiy Koreya universitetining professori, “THE RAINBOW” kompaniyasining prezidenti Kim In Og tashrif buyurdi.
Tuman hokimi U. Yalgashev va sektor mudirlari va professor Kim In Og o‘rtasida tumanning iqtisodiy salohiyati va innovasion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatidan kelib chiqqan holda Janubiy Koreyada faoliyat yuritayotgan universitetlar filiallarini ochish masalalari bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi bo‘lim boshlig‘i K.Nizamov hamda Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i A. Zokirov mehmonlarni kelgusida ochilishi rejalashtirilayotgan universitet binosi uchun mo‘ljallanayotgan qurilish kompleksi bilan tanishtirdi.
-
-
974